Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi, kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqaro M.Q. bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaroning 3 nafar farzandi borligi aniqlandi. Muloqot jarayonida fuqaro farzandi M.L.ning sog‘lig‘ida muammolar mavjudligi sababli uni davolatishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilib, farzandining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi hamda davolanishi bo‘yicha tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3