Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

“NAVOIY” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati — Oqoltin tuman hokimi X.Suvonov hamda tuman Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan “Navoiy” mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar mas’ullar ishtirokida nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor xizmatlar doirasida mahalla aholisi uchun davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yaratilib, fuqarolarga zarur huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 10