#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_muhim_masala
#162_ta_qonun_ijrosi
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isoqulov hamda K.Mamanova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Samarqand mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarda isitish tizimlarining holati, mavsumga tayyorgarlik ishlari, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilmoqda.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha ishlar nazoratga olinmoqda.