Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

FUQARO MUROJAATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan Yangi davr mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaro tomonidan patronaj hamshirasining xonadoniga kelib, tegishli tibbiy xizmatlarni ko‘rsatmayotganligi yuzasidan murojaat bildirildi. Fuqaro mazkur masalani deputatlar tomonidan nazoratga olinib, amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘radi.

Murojaat deputat tomonidan nazoratga olindi hamda mas’ul mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganib chiqish va aniqlangan muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 4