Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Kambag‘allik reyestridagi oilalarning turmush sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan Yangi davr mahallasi Terakzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi, kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqaro N.N. bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak va yordamlar, shuningdek, uning daromadini oshirish hamda oilaviy sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.

Muloqot davomida fuqaroning mavjud muammolari tinglanib, ularni hal etish va oilaning barqaror daromad manbasini shakllantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3