Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi 4 ta doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidagi masalaga aloqador tashkilot va korxona rahbarlarining hisobotlari dastlabki tarzda tinglandi.
Jumladan,
- MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Axmedovning Mahallaning ijtimoiy iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti,
- KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, DAVLAT ORGANLARIDA OCHIQLIKNI TA’MINLASH VA HUQUQIY MASALALAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishida Muzrabot tumani Adliya bo‘limi boshlig‘ining 2025-yil 3-choragi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti,
- IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHIDA tumanda sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati haqida tuman tibbiyot birlashmasi rahbari B.Norsaidovning hisoboti va tuman yoshlar ishlari agentligi rahbari J.Norboyevning tumandagi yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlari haqidagi hisoboti,
- AGRAR, QURILISH, KOMMUNAL SOHALAR, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHIDA O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining tumandagi ijrosi haqida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Bozorovning hisobotlari komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.
Doimiy komissiyalar yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan komissiyalar a’zolari tomonidan fikr mulohazalar va takliflar bildirdilar. Yig‘ilishlar so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.