Bugungi kunda “obodonlashtirish”, “ko‘kalamzorlashtirish”, “tozalik” so‘zlari kundalik hayotiy ehtiyojimizga aylanmoqda. Bu xayrli va ezgu ishlar mavsum tanlamaydi. Nuroniylarimiz aytganidek, saranjom-sarishta joyda qut-baraka, fayzu tarovat bo‘ladi. Shu xayrli ishlarning joylarda amalga oshirilishi yuzasidan xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputatlari R.Korakulov va S.Jumaevalar o‘zlari saylangan hududlardagi “Duoba” hamda “Fidokor” mahalla fuqarolar yig‘inlariga borishdilar. Mahalla mas’ullari bilan birma-bir gaplashilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.