Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLALARDAGI TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

Hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlarda nafaqat mas’ul tashkilotlar, mahalla raislari, qolaversa yoshlar vakillari, fuqarolarimizning faol ishtiroki dilni quvontiradi. Xalqimizga xos bunday xayrli ishlarda pok niyatlarimiz, ezgu orzu-maqsadlarimiz o‘z ifodasini topmoqda. Ana shu maqsadda “6-Duoba” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati R.Korakulov “Yakkatol” MFYda, “7-Qo‘rg‘oncha” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Norqobilov “Gulobod” MFYda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirishdi. Mahallalarda o‘tkazilayotgan tozalik tadbirlarida deputatlar ham faol qatnashdilar.

Slide 1 of 6