Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLALARDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy xislatlaridan sanaladi. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari S.Jumayeva, D.Choriyeva va D.Sherboyevlar “Buyuk ipak yo‘li”, “Muzrabot darvoza” hamda “Obi xayot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdilar. Deputatlarning o‘zlari ham mahallalarda o‘tkazilayotgan hashar tadbirlarida faol ishtirok etishdilar. Mahallalarda o‘tkazilayotgan hasharlarda atroflar begona o‘tlar, ariq va zovurlardagi chiqindilar olib tashlanib, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 6