Ma’lumki, ajdodlarimiz xayru saxovat ko‘rsatishni o‘zlarining qalb amriga ko‘ra bajargan. Eng qiyin vaziyatlarda vatandoshlarini ham ma’naviy, ham moddiy qo‘llab-quvvatlagan. Tuman deputati J.Amonov tomonidan ezgulik amallari davomi sifatida “Mehnatobod” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz oilalar xolidan xabar olindi. Deputat tashabbusi hamda “Mehnatobod” mahallasida yashovchi saxovatpesha tadbirkorning yordami bilan ushbu mahallada hozirgi kunda kasal bo‘lib yotgan, kam ta’minlangan oilalarga ehtiyojga zarur bo‘lgan oziq-ovqat maxsulotlari olib borilib berildi.