Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputatlari R. Korakulov, U.Artikovalar tomonidan “Anorzor” va “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi. O‘rganish ishlari doirasida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholining ijtimoiy himoyasi, kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga ko‘maklashish, ularni kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalla faollariga tegishli tavsiyalar berildi.