Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan mahallada obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

 Oltinsoy tuman “10-Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Mustafaqulov tomonidan “Yangiqurilish” mahallasida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. 

👥 Unda mahalla faollari, mahalla fuqarolar yig‘ini va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

📌 Umumiy yig‘ilish davomida:  

  • Mahallaning obodonlashtirish holati o‘rganildi, 
  • Aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar tinglandi, 
  • Muammolarni mahalliy darajada bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

🏗 Deputat M.Mustafaqulovning tashabbusi va o‘z homiyligi, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida quyidagi amaliy ishlar bajarildi: 

Ko‘cha ariqlari tozalandi va ta’mirlandi,
Ko‘priklar mustahkamlandi hamda betonlash ishlari olib borildi. 

🔧 Bu ishlar mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, suv chiqishini ta’minlash va aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. 

📍 Ushbu tashabbuslar deputat tomonidan o‘z saylov okrugidagi hududni barqaror rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar doirasida olib borilmoqda.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 7