Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar holati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi

🗓 2025-yil 13-oktabr kuni Oltinsoy tumanining “20-Sayrak” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Egamberdiyev boshchiligida “Ovchi” mahallasida bo‘lib.

👥 Mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari hamda deputatlar ishtirokida.

Kam ta’minlangan Ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi, ularning yashash sharoitlari, muammolari va ehtiyojlari bo‘yicha joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 Deputat A.Egamberdiyev fuqarolar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, mavjud muammolarni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini bildirdi.

✅ Ushbu amaliy sa’y-harakatlar doirasida:

Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar e’tibordan chetda qolmasligi,

Ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, tegishli choralar ko‘rilishi uchun doimiy nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Bunday tadbirlar har kuni, har yo‘nalish bo‘yicha tizimli ravishda davom ettiriladi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3