Yangiliklar

Seminar bo‘lib o‘tdi

2025 yil 12 sentyabr kuni Jizzax shahridagi H.Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori Bobonazarova Jamila Xolmurodovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taʼlim sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida taʼlim sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni kompleks hal etish hamda istiqboldagi vazifalarni samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Ro‘ziyev tomonidan tadbir ishtirokchilarga shahar Kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berib o‘tdi.

Slide 1 of 5