Yangiliklar

Jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat ва transport masalalari ” bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov hamda Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmatlari injiniring kompaniyasi DUK xodimlari bilan birgalikda “Qassoblik” MFY hududidagi 17/6, 17/7, 17/8-sonli ko‘p qavatli uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha bosh pudratchi "Binokor savdo" MCHJ tomonidan olib borilayotgan taʼmirlash ishlari jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi. Monitoring davomida ko‘p qavatli uylarda fasad qismlarini bazalt qoplamalari bilan qoplashda va tom qismlarini taʼmirlashdagi ishlarda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish hamda ishlarni sifatli bajarilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputatlar tomonidan mazkur qurilish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha nazorat va monitoring qilish davom etmoqda.

Slide 1 of 6