Yangiliklar

Transport va logistikadagi yangi voqelik.

Transport va logistikadagi yangi voqelik.

Joriy yilning 22 avgust kuni Avazada o‘tkazilgan sammitda transport va logistikaga alohida eʼtibor qaratilishi, mintaqa davlatlarining nafaqat o‘z salohiyatini anglayotganini, balki uni birlashtirishga tayyor ekanini ham ko‘rsatadi. Uzoq yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlari o‘z milliy infratuzilmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib kelgan bo‘lsa, endilikda “birlashtirilgan logistika zanjiri” konsepsiyasiga o‘tish boshlandi.

Bu, xususan, temir yo‘l va avtomagistral yo‘laklari bo‘yicha yuklarning samarali tranzitini tashkil etishda o‘z aksini topadi. Masalan, “O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya” yo‘nalishi Yevropa bozorlariga olib chiquvchi muhim darvozaga aylanishi mumkin. Shu yo‘l orqali yuk tashish muddati qisqaradi, xarajatlar kamayadi va eksportchilar uchun raqobatbardoshlik ortishi tabiiy.                                                                            

Nursulton Xosilmurodov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1