Avazadagi sammit - bu nafaqat siyosiy aloqalarning ifodasi, balki O‘rta Osiyo va Kavkaz mintaqalari o‘rtasida mustahkam iqtisodiy va infratuzilmaviy bog‘liqlikni yaratishga qaratilgan strategik qadamdir. O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon singari tranzit salohiyati yuqori bo‘lgan davlatlarning bir platformada to‘planishi, global logistika zanjirlarida mintaqaning ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Sammit orqali Markaziy Osiyoning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlari Kaspiy orqali xalqaro bozorlarga chiqishni yana-da osonlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Turkmanboshi-Baku parom yo‘llari, transport yo‘laklari, hamkorlikda qurilayotgan logistika markazlari buning amaliyotiy ifodalaridir. Shu munosabat bilan, mazkur sammit Markaziy Osiyoning geosiyosiy izolyatsiyasiga barham berishda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Muxabbat Adilova, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati