Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari ” bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan Osiyo taraqqiyot bankining moliyalashtirish hisobidan “Do‘stlik” MFYda aholini kanalizatsiya xizmati hamda ichimlik suvi taʼminoti bo‘yicha olib borilayotgan ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. O‘rganishda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, ishlarni sifatli bajarilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.