Biz barchamiz bitta xalq, bitta mamlakat, bitta oilamiz!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar tilga olindi.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining “Qiyin ahvolga tushib qolgan hamyurtimiz taqdiri barchamizni birdek tashvishga solishi kerak, chunki, xalqimizning eng katta qudrati – mehr-oqibat, saxovat va birdamlikdadir”, degan so‘zlari ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand fuqarolarning huquqlari davlat himoyasida ekanligini yaqqol namoyon etdi.
Har bir fuqarosi taqdiriga befarq bo‘lmagan Prezidentim bilan faxrlanaman!!!!