Yangiliklar

So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi

💬Muloqot davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan eng og‘riqli masalalar — ichki yo‘llarning holati hamda yaroqsiz holga kelib qolgan elektr ustunlari ko‘zdan kechirildi.

💬O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni ta’mirlash va elektr tizimini tartibga keltirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

💬"Biz uchun har bir murojaat shunchaki qog‘ozda qolishi mumkin emas. Ularning joyiga chiqib o‘rganilishi muammoning tub mohiyatini ko‘rish va to‘g‘ri yechim topish imkonini beradi," — deydi deputat X.Jurayev.

Slide 1 of 4