Yangiliklar

Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...

Qonun ustuvorligi fuqarolar manfaati kafolati...

🔹Fuqarolar tomonidan ko‘p berilayotgan murojaatlarga asosan, Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati U.Sodiqov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Mirzayeva ishtirokida shahar Soliq inspeksiyasi bo‘limida ushrashuv o‘tkazildi.

🔹O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-sonli Qonuni, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

🔹Fuqarolarning amalda foydalanib kelayotgan yerlari va ularda qurilgan obyektlarga bo‘lgan huquqlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish imkoniyatlari, murojaat qilish tartibi hamda belgilangan talablar yuzasidan tushunchalar berildi.

Slide 1 of 4