Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov va L.Kuvondikov tumandagi “Shayxlar” istirohat bog‘ining bugungi ahvolini o‘rgandilar. 🏞
O‘rganish jarayonida bog‘ning sanitariya holati yetarli darajada emasligi, dam olish uchun yaratilgan sharoitlar sustligi va infratuzilmaning ko‘plab nuqsonlari aniqlandi. Hududdagi obodonlashtirish ishlari yetarli emasligi, ayniqsa yoshlar uchun ko‘ngilochar maydonchalarning tartibsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatining pastligi qayd etildi. ⚠️
Deputatlar mas’ullarni bog‘ni tezkor ravishda tozalash, xavfsiz va tartibli holatga keltirish, shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga chaqirdilar. 💡✅