Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati N.Kiyamov tumandagi Bog‘ixon mahallasining Bog‘ixon qishlog‘ida joylashgan suv inshootida bo‘lib, ushbu obyektning ishlash jarayoni va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. 🚰👥
Uchrashuv davomida:
suv inshootining mavjud quvvatlari va texnik imkoniyatlari,
suv yetkazib berish jarayonidagi bosim, tozalash tizimi hamda ichimlik suvi sifatini ta’minlash mexanizmlari,
mavjud nosozliklar va ularni bartaraf etish choralari batafsil ko‘rib chiqildi. 🔧📋
Mutasaddilar tomonidan suv ta’minoti tizimini yanada barqaror qilish, uzilishlarning oldini olish, eskirgan quvurlarni bosqichma-bosqich ta’mirlash va inshootning samaradorligini oshirish borasida tegishli takliflar muhokama qilindi. 💬🛠
Mahalliy kengash deputatlarining hududlarda olib borayotgan bunday o‘rganishlari aholining hayot sifati, ijtimoiy qulayliklari va barqaror ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi. 🌿💧