Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Hakimova va L.Kuvondikov tomonidan Shayxlar mahallasida joylashgan “Nurli diyor” OShPda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash jarayoni hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔎 O‘rganish davomida:
Tibbiyot muassasasiga ajratilgan bepul dori-darmonlarning mavjudligi, ularning ro‘yxati va aholi uchun yetkazilish tartibi ko‘rib chiqildi;
Shifokor va hamshiralar faoliyati, bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, shikoyat va murojaatlarni qayd etish tizimi o‘rganildi;
Dori vositalarining saqlanish sharoitlari, ularning xarajatlari va tarqatilishining shaffofligi yuzasidan ma’lumotlar olindi.
💬 Deputatlar tibbiy xizmat sifatini oshirish, bemorlarga halol va adolatli munosabatda bo‘lish, shuningdek, bepul dori-darmonlar taqsimotida shaffoflik va tartib-intizomni ta’minlash muhimligini alohida ta’kidladilar.