Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati L.Kuvondikov hududidagi Xalqabod mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholiga ko‘rsatayotgan amaliy yordami, kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha choralari va ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.
📌 Natijalar asosida kelgusida hududdagi ijtimoiy yordam va kambag‘allikni kamaytirish ishlari yanada samarali tashkil etilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
🤝 Mahalla va deputatlarning hamkorligi orqali aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish davom etmoqda.