O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 28-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari N.Hakimova, L.Kuvondikov va N.Kiyamov Shayxlar mahallasidagi “Nurli diyor” OShPda tibbiyot xodimlari bilan o‘rganish o‘tkazdi.
🔎 O‘rganishda sog‘liqni saqlashda korrupsiyaning oldini olish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligi, murojaatlar bilan ishlash tartibi ko‘rib chiqildi. Shifokor va hamshiralar bilan huquqiy asoslar, javobgarlik choralari hamda etik me’yorlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
💬 Deputatlar halollik, javobgarlik va adolat tamoyillariga amal qilish muhimligini ta’kidladilar.
🛡 Maqsad — tibbiyotda shaffof, korrupsiyaga toqat qilinmaydigan muhitni mustahkamlashdan iborat.