Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati L.Kuvondikov tomonidan Xalqabod mahallasida ijtimoiy soha xodimining faoliyati o‘rganildi.
🔎 Dastlab aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining shaffofligi batafsil ko‘rib chiqildi.
📋 Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, yordamga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash va ularga ko‘mak ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Deputat tomonidan mavjud ishlar baholanib, xizmatlarni aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli yetkazish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.