Xonaqa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Xonaqa qishlog‘idan o‘tuvchi asosiy yo‘lning ta’mirlash masalasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganishda:
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati N.Kiyamov, Ishtixon tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Ochilov, Ishtixon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DM direktori J.Dagarov ishtirok etdi. 👥
O‘rganish davomida yo‘lning mavjud holati, ta’mirlashga muhtoj qism va nuqtalar, aholi uchun harakatlanish qulayligi hamda xavfsizlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. 🛠
O‘rganishning asosiy maqsadi — aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda zarur ta’mirlash ishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdir. 🚗🚶♂️