Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda shahar Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi. Doimiy komissiya kun tartibida 8 ta masala ko‘rib chiqildi va ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar fikri tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.