Tumandagi ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilmoqda.
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov, O‘zbekiston ekologik partiyasi Gʻallaorol tuman Kengashi raisi B. Jumaboyeva Gʻo‘bdin, Gulchambar, Oqtosh, Korizquduq  mahallalarida joylashgan maktablarda kuz-qish mavsumiga olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. Isssiqliqni ta’minlash maqsadida ajratilgan ko‘mir mahsulotlarining saqlanish holati, issiqlik qozonxonalarining mavsumga tayyorligi, ta’mirlanganligi,  yangilari o‘rnatilganligiga ma’sullar e’tibor qaratdi.