Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 “FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Har bir fuqaroning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, amaldagi qonunlardan xabardor bo‘lishi demokratik jamiyatning muhim shartidir.
янв.21
🏥 TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi tushuntiradi.
янв.21
📋 FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILMOQDA.
янв.21
📚 Huquqiy axborot – qonuniy jamiyat poydevori!
янв.21
📍 XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING 35-SESSIYASI.
янв.21
📌 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
🏫 69-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
21-Oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 26- sessiyasida tumanda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, bolalar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 2026-yil 1-avgust holatiga tumandagi 55 ta mahallada 51 nafar ijtimoiy xodim faoliyat yuritgan, 4 ta mahallada esa vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan.

Muhokama yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, vakant ish o‘rinlarini to‘ldirish, ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish, yordamga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlarni kuchaytirishga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2