Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi raisi B.Karimov hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G.Karimova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolarning tibbiy yordam olish huquqlari hamda qonun talablarining amalda bajarilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur o‘rganishdan maqsad — qonun ijrosini ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ishlarni takomillashtirishdan iborat.