Har bir fuqaroning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, amaldagi qonunlardan xabardor bo‘lishi demokratik jamiyatning muhim shartidir.
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun huquqiy axborotning ochiqligi, oshkoraligi va hammabopligini ta’minlashga xizmat qiladi. Qonunga ko‘ra:
✅ Har bir fuqaro huquqiy axborotni erkin izlash, olish va undan foydalanish huquqiga ega.
✅ Davlat organlari va tashkilotlari aholiga huquqiy axborotni o‘z vaqtida va ishonchli tarzda yetkazishi shart.
✅ Huquqiy axborotning ochiqligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
✅ Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish orqali jamiyatda qonun ustuvorligi mustahkamlanadi.
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi