Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi raisi B.Karimov, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G.Karimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi K.Sharipov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmat jarayonlari bilan tanishildi.
🩺 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilinib, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va mavjud masalalarga e’tibor qaratish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Bunday o‘rganishlar aholi salomatligini muhofaza qilish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladi.