Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining 4-Xonbandi saylov okrugidan saylangan deputati G.Karimova tomonidan Xonbandi mahallasida fuqarolar bilan manzilli muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi.
🏠 Uyma-uy yurish davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday manzilli uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.