Xalq deputatlari Forish tumani Kengashiga 11-Qoraobdol saylov okrugidan saylangan deputat A.Qo‘ldoshev tomonidan Qoraobdol ota mahallasida joylashgan 69-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida maktab qozonxonasining holati, isitish tizimining mavsumga tayyorligi hamda ko‘mir zaxirasi ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — qish mavsumida ta’lim muassasasida barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni yaratishdan iborat.