“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun huquqiy axborotning ochiqligi, oshkoraligi va hammabopligini ta’minlashga xizmat qiladi. Qonunga ko‘ra:
✅ Har bir fuqaro huquqiy axborotni erkin izlash, olish va undan foydalanish huquqiga ega.
✅ Davlat organlari va tashkilotlari aholiga huquqiy axborotni o‘z vaqtida va ishonchli tarzda yetkazishi shart.
✅ Huquqiy axborotning ochiqligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
✅ Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish orqali jamiyatda qonun ustuvorligi mustahkamlanadi.
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi.