Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 “FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Har bir fuqaroning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, amaldagi qonunlardan xabardor bo‘lishi demokratik jamiyatning muhim shartidir.
янв.21
🏥 TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi tushuntiradi.
янв.21
📋 FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILMOQDA.
янв.21
📚 Huquqiy axborot – qonuniy jamiyat poydevori!
янв.21
📍 XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING 35-SESSIYASI.
янв.21
📌 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
🏫 69-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
21-Oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
➡️“Tashabbusli budjet” — xalq ishonchi va deputatlik mas’uliyati mezoni

🔰#munosabat

➡️“Tashabbusli budjet” — xalq ishonchi va deputatlik mas’uliyati mezoni

🔺“Tashabbusli budjet” tizimi aholining hududlarni rivojlantirishdagi ishtirokini kengaytirish, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy muammolarni jamoatchilik fikri asosida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔺Reytingda Buxoro viloyatining birinchi o‘rinni egallagani hududda ushbu yo‘nalishdagi ishlar va aholi faolligiga e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi. Biroq erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan, fuqarolar ishonchini yanada mustahkamlash va belgilangan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash zarur.
🔺Deputat sifatida mening pozitsiyam aniq: “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar shunchaki ovozlar va reyting ko‘rsatkichlari bilan emas, balki aholi hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar bilan baholanishi kerak. Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va loyihalarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🔺Jondor tumanida ham fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy natija berishi, mavjud muammolarning o‘z vaqtida hal etilishi va aholining budjet mablag‘lari sarfi haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozim.
🔺Xalq tashabbusi — mas’uliyat, ajratilgan mablag‘ — natija, deputatlik nazorati esa ijro kafolati bo‘lishi kerak!

Quvondiq Safarov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining мahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt