Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 “FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Har bir fuqaroning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi, amaldagi qonunlardan xabardor bo‘lishi demokratik jamiyatning muhim shartidir.
янв.21
🏥 TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi tushuntiradi.
янв.21
📋 FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILMOQDA.
янв.21
📚 Huquqiy axborot – qonuniy jamiyat poydevori!
янв.21
📍 XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING 35-SESSIYASI.
янв.21
📌 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
🏫 69-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
21-Oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
LUTFIY MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna faoliyat yuritayotgan Lutfiy mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida ko‘p qavatli uylarning tom qismi bilan bog‘liq muammo o‘rganildi.

Deputat nazorati ostida olib borilgan amaliy ishlar natijasida 3-, 7- va 57-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlarida joriy ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida uylarning tom qismidagi mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, aholining yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan zarur ishlar yakunlandi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash hamda hududdagi ko‘p qavatli uylarning holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 1