🔰Farg‘ona tumanida maktabgacha ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bahodir Ahmadjonov hamkor tashkilotlar mas’ullari bilan tumandagi "Soy bo‘yi" MFY hududida joylashgan 44-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rgandilar.
Tekshiruv davomida muassasadagi isitish tizimlari holati, isitish qozonlarining ishlash imkoniyati, yoqilg‘i zaxiralari hamda xonalarning mavsumga tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, energiya tejamkorlikka oid choralar va bolalar uchun qulay sharoit yaratish masalalari ham tahlil etildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat Bahodir Ahmadjonov muassasa rahbariyatiga mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, kuz-qish davrida isitish tizimlarining samarali ishlashini doimiy nazoratda ushlab borish muhimligini eslatdi.