Aholining har bir murojaatiga e’tibor
— amaliy natija bilan!
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Qahramon Makarov
va Shuxratjon Raximovlar tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, mahallalardagi
dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari
kiritildi.
Yuborilgan so‘rovlar natijasida “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun
1 200 metr ichimlik suvi
tarmog‘i va 10 dona sim yog‘och ajratildi.
Bu tashabbus mahalladagi infratuzilmani
yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash yo‘lidagi muhim
qadam bo‘ldi.
Deputatlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan
bunday ishlarning har biri — xalq bilan hamnafaslik, el dardiga yechim izlash va
yurt taraqqiyotiga xizmat qilish namunasidir.