Saylovchlar murojaati — e’tibor markazida
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Baxodirjon
Axmadjonov o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq qabulni o‘tkazdi.
Soy bo‘yi mahallasi, Quruqsoy ko‘chasida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar turli masalalar
yuzasidan murojaatlarini bildirishdi.
Deputat har bir murojaatni
diqqat bilan eshitib, muammolarni hal etish uchun tegishli mas’ul idoralarga deputatlik
so‘rovlari yo‘lladi.
Eng asosiysi, bu qabulda
odamlar o‘z muammosiga befarq bo‘lmagan, ularning dardini eshitadigan va amaliy
yordam ko‘rsatadigan vakil borligini yana bir bor his qilishlaridan iboratdir