Mas’ullarga
qayta so‘rov yuborildi
Deputat so‘rovi — bu oddiy qog‘oz yoki rasmiy xat emas.
Bu — xalqning ishonchi, ularning dardi va muammosini yechishga qaratilgan da’vatdir!
Shu bois, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining
joriy yil 5 sentyabr kuni yuborilgan “Deputatlik guruhi so‘rovi” bo‘yicha hanuz
javob kelmagani jiddiy e’tiborga olindi.
📌 Masala juda dolzarb — ta’lim tizimida
amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari, 2024–2025 o‘quv yiliga
tayyorgarlik ishlari hamda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida xotin-qizlarni
moddiy qo‘llab-quvvatlash holati haqida.
Deputatlik guruhi bu yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan mas’ul
idoralarga qayta rasmiy so‘rov yo‘lladi. Chunki har bir deputat so‘rovi
— xalq manfaatini ifoda etadi, har bir javob — mas’ul rahbarning yuzi va munosibligi
demakdir.
“Adolat” SDP deputatlari joylardagi har bir muammoni eshitib,
uning yechimini nazorat ostiga oladi.
💬 Har bir rahbar o‘z javobgarligini his
etsin: xalq ishongan deputat so‘rovi javobsiz qolmasligi kerak!