📌 Farg‘ona tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona tuman hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining
🟢 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha,
🟢 Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni komissiya raisi O.Dadajonova olib bordi.
✅ Kun tartibida:
— Prezidentimizning PQ–440, PQ–39, PQ–347, PF–80 va PQ–1 son qarorlarining tumandagi ijrosi,
— Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish,
— Jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarni moliyalashtirish,
— Huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish,
— 2026-yil uchun ish o‘rinlari me’yorlarini belgilash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
💬 Deputatlar taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Barcha masalalar bo‘yicha tegishli xulosalar qabul qilinib, sessiya muhokamasiga kiritish takliflari bir ovozdan ma’qullandi.