#Farg‘ona_tumani
Doimiy komissiyalarning navbatdagi
qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔷 Farg‘ona tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati
va tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning
navbatdagi Qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔷 Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari va
mas’ullar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi
“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash, Farg‘ona tumanida
2025-2026-yillar novegitatsiya
davri uchun iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini
tasdiqlash, O‘z XDP partiya guruhi ish rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza
qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-216-sonli Qarorining tumandagi ijrosi, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli Qarorining
ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda Farg‘ona tuman obodonlashtirish
boshqarmasi tomonidan ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish
borasida amalga oshirilgan ishlar hamda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining
2025-yil 25-aprel kungi VII-7-38-11-163-K/25-son qarori ilovasiga o‘zgartirish kiritish
to‘g‘risidagi hisobotlar eshitildi.
Ushbu doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan
va aholining e’tirozlarini keltirib chiqarayotgan, ya’ni Farg‘ona tumanida joriy
yilning o‘tgan davri davomida aholi xonadonlarida to‘planayotgan maishiy chiqindilarni
maxsus chiqindi poligonlariga o‘z vaqtida olib chiqarilish holati, chiqindilarni
saralash, saqlash va qayta ishlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi
rejalar bo‘yicha ma’sul “Maxsus Garant Avto servis” MChJ bo‘limi boshlig‘i I.Isroilovning
hisobotini eshitish” masalasi mas’ulning ishtirok etmaganligi sababli kun tartibidan
olib tashlandi.
🔷 Kun tartibidagi boshqa masalalar ham keng muxokama
qilinib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul
qilindi