Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV da_biz
янв.21
Tuman Kengashi qarorlarining ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
❇️ PARTIYA GURUHINING MANSABDOR SHAXS ESHITUVI
янв.21
✅ Onalik va bolalik – doimiy e’tiborda!
янв.21
Kelajagimiz egalari sog‘lom bo‘lsin!
янв.21
Farg‘ona tumanida “Paxta–2025” yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Yoshlar salomatligi — millat ravnaqi, kelajak kafolati!
янв.21
O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi, kelajagimiz egalari bo‘lmish bolajonlar salomatligi holatlari doimiy ravishda o‘rganib kelinmoqda.
Tuman Kengashi qarorlarining ijrosi ta’minlanmoqda

Tuman Kengashi qarorlarining ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova hamda Shuxratjon Rahimov tomonidan Farg‘ona tuman Kengashining 2025-yil 28-mart kuni qabul qilingan “Farg‘ona tuman bo‘yicha ‘Tashabbusli byudjet’ loyihasining 2025-yil 1-mavsumi natijalariga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi VII-6-32-11-163-K/25-sonli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Deputatlar mazkur qaror ijrosini nazorat qilish maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasi va Kaptarxona qishloq vrachlik punktida bo‘lib, joylardagi mavjud sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar va jamoatchilik fikri bilan yaqindan tanishdilar.

Tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, patronaj hamshiralar va shifokorlar faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida xarid qilingan zamonaviy tibbiy jihozlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur jihozlar tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Kaptarxona qishloq vrachlik punktida esa qo‘shimcha bino qurilishi bilan bog‘liq ishlar borib ko‘rildi. Deputatlar qurilish jarayonlari, ishlarning sifat va sur’ati bilan tanishib, ob’ektni o‘z vaqtida va belgilangan talablar asosida foydalanishga topshirish masalalari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni berdilar.

Tashrif jarayonida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va soha infratuzilmasini takomillashtirish yo‘nalishida qator amaliy vazifalar belgilab olindi. Deputatlar ta’kidlaganidek, joylarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash nafaqat soha mutaxassislari, balki har bir fuqaro hayoti va salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5