Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati A. Maxammatov  Javshar ota mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilarkan, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar va mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, “mahalla yettiligi” faoliyati, aholining muammolarini joyida hal etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoya masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Deputat Maxammatov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda mahalla yoshlari uchun sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, ijtimoiy loyihalarda faollikni oshirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. 

Slide 1 of 1