Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 24-Ziyokor saylov okrugidan saylangan deputat Jamila Allayorova "Ziyokor" mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. 

Suhbat chog‘ida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar, aholiga qulaylik yaratish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni og‘riqli illatlardan asrash, mahallani jinoyatlardan xoli hududga aylantirish masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Slide 1 of 2