Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari A. Maxammatov, J. Axunov va F. Shakarov, shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S. Norboyeva bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan faravonlik sari” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini joylarda o‘rgandi.
Uchrashuvlar davomida deputatlar mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholini tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Deputatlar aholining turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud muammolarni ham o‘rgandi.
Shuningdek, dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari deputatlar e’tiborida bo‘ldi.