Bugun Toyloq tumani 1-sektor hududidagi Go'lba, Taraqqiyot va Galabotir mahallalarida tuman hokimining tuman miqiyosida "To'y va marosimlarni o'tkazish to'g'risida"gi 19 avgust 2025 yildagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "To'y va marosimlarni o'tkazish" komissiyasi tuman Kengashi raisi Q. Hojiqulov, tuam Kengashi deputati A.Nishonov tomonidan mahalla faollari va mahalla ahli ishtirokida suhbatli tadbirlar bo'lib o'tdi.
Tadbir doirasida yig'ilish ishtirokchilari to'y va marosimlarni qarorda ko'rsatilgan meyorda o'tkazish kerakligini ma’qulladi va kelgusida shu asosda ish yuritish shartligi ta'kidlandi.